DIUS PLAST · TOSHKENT, O'ZBEKISTON
O'zbekistondan plastik qutilar eksporti
Dius Plast — Markaziy Osiyo bozori uchun ishlab chiqaruvchi. Qutilar, poddonlar va konteynerlarni Toshkentdagi zavoddan to'g'ridan-to'g'ri yuklaymiz.
Qayerga yetkazib beramiz
Qozog'iston va Tojikistondagi doimiy mijozlarimiz bor. Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston va Rossiya bo'yicha so'rovlarni ham ko'rib chiqamiz.
- KZQozog'iston
- TJTojikiston
- KGQirg'iziston
- TMTurkmaniston
- AFAfg'oniston
- RURossiya
Qanday ishlaymiz
- So'rovKerakli quti turi, o'lcham va miqdorni yozing — telefon, Telegram yoki forma orqali.
- Taklif1 ish kuni ichida narx, tayyorlash muddati va yuklash shartlarini yuboramiz.
- Shartnoma va to'lovEksport shartnomasi va hisob-faktura. To'lov bank o'tkazmasi orqali (USD yoki so'm).
- Ishlab chiqarish va yuklashOmborda bor mahsulot 1–3 kunda, buyurtma asosida 7–20 kunda. Transportingizga yoki tanlangan tashuvchiga yuklaymiz.
Hujjatlar
Shartnoma, hisob-faktura (invoice), yuk ro'yxati (packing list), kelib chiqish sertifikati (ST-1) va zarur bo'lsa muvofiqlik hujjatlari. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlarni tayyorlab beramiz.
Logistika
Qutilar bir-biriga kiradi yoki taxlanadi — bitta furaga ko'proq mahsulot sig'adi. Avtotransport (fura, 20 t) va temir yo'l vagonlari orqali yuklash tajribamiz bor. Toshkentdagi zavoddan EXW yoki FCA shartlarida, kelishuv bo'yicha CPT.
EXWFCACPT
Eksport bo'yicha so'rov yuborish
Mahsulot, miqdor va yetkazib berish shahrini yozing — narx va shartlarni yuboramiz.
Ko'p beriladigan savollar
Qanday buyurtma berish mumkin?
Qutini tanlang, miqdorini kiriting va savatga qo'shing. So'ng ismingiz va telefon raqamingizni yozing. Biz siz bilan bog'lanib, buyurtmani tasdiqlaymiz. Buyurtmani zavoddan o'zingiz olib ketasiz, qutilarni mashinangizga yuklab beramiz.
Boshqa davlatga yetkazib berasizmi?
Ha. Qozog'iston va Tojikistonga muntazam yetkazib beramiz, boshqa davlatlardan so'rovlarni ham ko'rib chiqamiz. Eksport hujjatlarini tayyorlab beramiz, mahsulotni transportingizga yuklaymiz.